Maktab yangiliklari

Islohotlar amalda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundan «Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 103-sonli farmoni qabul qilindi.

Ushbu farmonga muvofiq:

yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va sanʼat maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumtaʼlim maktablari bilan bir xil bo‘ladi;

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari ish haqiga o‘quvchilarining cholg‘ularni ijro etishi darajasidan kelib chiqib, har oyda 20 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi;

bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashgan maktablar bilan umumiy ta’lim muassasalari o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi hamda ijodiy jamoalar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida davriy ravishda konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslari o‘tkazib boriladi;

yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va sanʼatga jalb qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun 326 ta musiqa va sanʼat, 29 ta ixtisoslashgan maktab bilan umumtaʼlim maktablari o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;

musiqa va sanʼat maktablarining ijodiy jamoalari umumtaʼlim maktablarida muntazam konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslarini oʻtkazib boradi;

har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishida umumtaʼlim maktablari o‘rtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlar o‘tkaziladi. Ularning ijod mahsulini respublika bo‘yicha targ‘ib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun 500 million so‘mdan grant beriladi.


Farmonning to‘liq matni