Maktab yangiliklari

Madaniyat vazirligida maxsus o‘quv seminari o‘tkazildi

Joriy yilning 28-iyun kuni Madaniyat vazirligida vazir maslahatchisi Rauf Nabiyev tomonidan bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlariga “Sun’iy intellektning ta’lim sohasida qo‘llanilishi” mavzusida maxsus o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, uning soha rivojiga ta’siri hamda ushbu yo‘nalishda vazirlik tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar atroflicha muhokama qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, o‘quv samaradorligini oshirish hamda ijodiy yo‘nalishlarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha fikr almashdilar.

Mazkur tadbir madaniyat va san’at ta’limi tizimida raqamli transformatsiyani jadallashtirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.