Yoz mavsumida havo haroratining keskin oshishi munosabati bilan yongʻinlar va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar xavfi ortishi inobatga olinib, joriy yil 1-iyuldan 30-avgustga qadar respublika boʻylab “Dolzarb 60 kunlik” profilaktik tadbirlari e’lon qilindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi, shahar FVB hamda tegishli soha vakillari tomonidan aholi turar joylarida elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanishni nazorat qilish, ta’lim va sogʻliqni saqlash muassasalarida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, energiya ta’minoti obyektlari, bozorlar va savdo komplekslarida yongʻin xavfsizligini ta'minlash ishlari amalga oshirilyapti.
Mazkur tadbirlarda faol ishtirok eting.