Joriy yilning 30-iyul kuni Yashnobod tumani 7-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi binosida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Bekzod Baxromov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar, yuridik shaxslar hamda soha vakillari tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va shikoyatlar tinglandi.
Har bir murojaat amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rib chiqilib, tegishli mas'ullarga ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olindi.
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.