Maktab yangiliklari

Yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13-avgust kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Bahromovich Mirobod tumanidagi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va madaniyat sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.

Ochiq muloqotda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda madaniyat va san’at sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar — kelajagimiz. Ularning fikri, tashabbusi va intilishi esa taraqqiyotimizning muhim omilidir.