Bolalar musiqa va san’at maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda!
1-avgustdan 25-avgustga qadar nomzodlarning hujjatlari onlayn tarzda qabul qilinadi.
Arizalarni uydan chiqmagan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborishingiz mumkin.
Hujjatlar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Qabul jarayonlari belgilangan tartib asosida tashkil etiladi.
Ijodiy sinovlar va ularning natijalari amaldagi nizom talablari asosida o‘tkaziladi va rasmiylashtiriladi.
Farzandingizning san’at va ijod olamiga ilk qadamini bugundan boshlang!
Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil, 25-avgust.
Iste’dodga yo‘l — to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi!
