Joriy yilning 21-aprel kuni 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida torli cholg‘ular bo‘limining navbatdagi hisobot konserti yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu konsert davomida o‘quvchilar yil davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Skripka cholg‘usi ijrosida turli klassik va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Konsertda har bir o‘quvchi o‘z ijrochilik mahorati, sahna madaniyati va musiqaga bo‘lgan muhabbatini namoyon etdi. Ustoz-pedagoglar tomonidan olib borilgan samarali mehnat natijasi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.