O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi «Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-103-son farmoniga muvofiq 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatida muhim yangiliklar joriy etiladi.
Asosiy o‘zgarishlar:
O‘qituvchilar mehnati munosib rag‘batlantiriladi.
Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlariga tenglashtiriladi.
20 foizgacha ustama.
Umumiy o‘rta ta’lim hamda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilariga o‘quvchilarning cholg‘u ijrochiligi darajasidan kelib chiqib, har oyda 20 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.
Ijodiy hamkorlik kuchaytiriladi.
Bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashgan maktablar hamda umumiy ta’lim muassasalari o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchilar uchun muntazam ravishda konsert dasturlari va mahorat darslari tashkil etiladi.
Har bir maktabda kamida 4 ta to‘garak.
Har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasida musiqa va san’at yo‘nalishida kamida 4 tadan to‘garak tashkil qilinadi:
cholg‘u ijrochiligi;
tasviriy san’at;
teatr;
raqs.
Maqsad — yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, iste’dodini rivojlantirish va ta’lim jarayonini san’at bilan yanada uyg‘unlashtirish!
Madaniyat — Yangi O‘zbekistonning ma’naviy kuchidir!