Maktab yangiliklari

Diqqat, yosh pianinochilar!

O‘zbekiston bo‘ylab «Iste’dodlar xaritasi» respublika saralash tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

Tanlovda 8 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh pianinochilar 3 toifada ishtirok etadi:

I toifa — 8–10 yosh;

II toifa — 11–14 yosh;

III toifa — 15–17 yosh.

Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi:

Mahalla → tuman/shahar → viloyat → respublika finali.

Ishtirok etish uchun rasmiy sayt va telegram-bot dan ro‘yxatdan o‘ting.

Arizalar 2026-yil 15-sentabrgacha qabul qilinadi.

Eng istiqbolli ishtirokchilar mahorat darslari, konsertlar, festivallar va xalqaro tanlovlarda qatnashish uchun ustuvor imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin.

«Iste’dodlar xaritasi» — Sizning katta sahnaga yo‘lingiz!

Batafsil ma’lumot uchun: +998 90 118 81 18, +998 94 632 58 16