Maktab yangiliklari

Madaniyat markazlarini transformatsiya qilish — amaliy jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-150-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 363-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi hamda tuman hokimliklari bilan birgalikda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B. Xolikov tomonidan belgilangan reja asosida tuman hokimliklarida tegishli ishlar tashkil etilib, qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar davomida madaniyat markazlarini qabul qilish jarayoniga tayyorgarlik, mavjud hujjatlar va moddiy-texnik bazani o‘rganish hamda tashkiliy masalalar yuzasidan mas’ullarga amaliy yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berilmoqda.

Asosiy maqsad — madaniyat markazlari faoliyatini zamonaviy talablarga moslashtirish, ularning samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash.

Ishlar belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda.