Maktab yangiliklari

Ustozlar mehnati — yuksak e’tirofda

Yunusobod tumani 1-son bolalar musiqa va san’at maktabining fidoyi va tajribali ustozlari ushbu bayram munosabati bilan yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq maktabimizning estrada xonandaligi bo‘limi boshlig‘i Abdubekova Madina Ravshanovna “Kelajak bunyodkori” medali medali bilan taqdirlandi.

Madina Abdubekovaga kelajakda bundanda yuqori muvaffaqiyatlar tilagan holda davlatimiz rahbarining madaniyat va san‘at sohasiga bo‘lgan bunday yuksak e‘tiroflari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, maktabimizning tasviriy san’at bo‘limi o‘qituvchisi Gubskaya Xristina Viktorovna, fortepiano bo‘limi o‘qituvchisi Cheremyuxina Nadejda Petrovna va zarbli cholg‘ular bo‘limi o‘qituvchisi Tursunov Vahobjon Yusupovich “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Mazkur e’tirof ustozlarimizning san’at ta’limi rivojiga qo‘shib kelayotgan munosib hissi, ko‘p yillik samarali mehnati va yosh avlodni san’atga oshno etish yo‘lidagi fidoyiligining yuksak ifodasidir.

Ustozlarimizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘liq, ijodiy ilhom va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!