Maktab yangiliklari

O‘qituvchilarimiz kamer musiqasi konsertiga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 22-aprel kuni o‘qituvchilar I. I. Kremneva va S. A. Sadullaevalar O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 90 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan kamer musiqasi konsert dasturiga tashrif buyurishdi. Mazkur tadbir yurtimiz musiqa san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan konservatoriyaning boy tarixi va ijodiy an’analarini yodga olishga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi mamlakatimizdagi eng nufuzli oliy musiqa ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, ko‘plab taniqli san’atkorlar, bastakorlar va ijrochilar aynan shu dargohda tahsil olgan. Ushbu maskan milliy va jahon musiqa san’atini uyg‘unlashtirib, yosh iste’dodlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Konsert dasturida kamer musiqasining nafis va chuqur mazmunga ega asarlari ijro etildi.