Toshkent shahar Yunusobod tumani 1-son bolalar musiqa va san’at maktabida mahorat va ilhomga boy unutilmas ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston opera san’atining yetuk namoyandalari — O‘zbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti, professor, akademik Muyassar Razzoqova hamda O‘zbekiston xalq artisti, professor, akademik Avazxon Radjabov ishtirok etib, yosh iste’dod egalari bilan o‘z tajribalari va mahorat sirlarini bo‘lishdilar.
Mahorat darsi davomida o‘quvchilarga ijrochilik madaniyati, sahna mahorati va san’atning nozik jihatlari haqida qimmatli tavsiyalar berildi. Sinf konsertida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi yosh ijrochilari o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etib, ustozlar va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdilar.Bunday ijodiy uchrashuvlar yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning san’atga bo‘lgan muhabbatini yanada kuchaytirish va kelajakdagi katta sahnalar sari intilishiga ilhom bag‘ishlaydi.