Joriy yilning 14-may kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Baxtiyorov Maxmudjon Musajon o‘g‘li boshqa ishga o‘tayotganligi munosabati bilan boshqarma rahbariyati va tizim xodimlari tomonidan samimiy kuzatib qo‘yildi.
Tadbirda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i B.Baxromov, boshqarma markaziy apparati jamoasi hamda tizim tasarrufidagi bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari ishtirok etishdi.
O‘z faoliyati davomida yuksak mas’uliyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan alohida ajralib turgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib, jamoada chuqur hurmat va e’tibor qozongan M. Baxtiyorovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi jamoasi M.Baxtiyorovga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, sihat-salomatlik hamda yangi mas’uliyatli vazifalarida yuksak muvaffaqiyatlar tilab qoladi!