Maktab yangiliklari

Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21-may kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasida boshqarma v.v.b boshlig‘i Bekzod Baxromov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, bandlik, ta’lim, kasbiy rivojlanish, tadbirkorlik faoliyati hamda madaniyat tizimini yanada takomillashtirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita murojaat qilib, mavjud muammolar va istiqbolli loyihalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, uchrashuvda madaniyat sohasini raqamlashtirish, axborot ochiqligini ta’minlash, yoshlar bandligini oshirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.